📋Iqtidorli yoshlarni izlab topish hamda ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish va nutqiy madaniyatini oshirish maqsadida, Oʼzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʼmitasining 2023-yil 24-yanvardagi 9-“c” sonli qaroriga asosan joriy yilning 10-fevral kuni institutimiz xodimlari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi. 💡O'yin qiziqarli va murosasiz kechib, asosiy savollardan so'ng Mashinasozlik texnologiyasi, Avtomobilsozlik, IB va KT fakulteti jamoalari o'rtasida final savollari o'ynaldi. Final savollaridan so'ng esa g'oliblik Avtomobilsozlik jamoasiga nasib etdi.
Turnir yakuniy natijasi: 1. Avtomobilsozlik;
2. IB va KT;
3. Mashinasozlik texnologiyasi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati