Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik institutidagi Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari talabalar nazoratida o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6247-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Apparati kengashining 2022 yil 4 iyundagi  kengaytirilgan yig’ilishining bayonnomasiga asosan institut bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyadan o’tkazish jarayoniga Andijon mashinasozlik institutining “Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha talaba-yoshlar klubi” faollarini jamoatchilik nazorati tartibida jalb etish tashabbusi vazirlik tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
Yakuniy Davlat attestatsiya sinovlari jarayonini  ob’ektiv  va oshkoralik tamoyillari asosida  o’tkazish, korruptsiyaga qarshi kurashishda  ta’lim muassasasi tomonidan olib borilayotgan  ishlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shu jumladan  talaba yoshlarning ishtirokini ta’minlash  maqsadida  institutning   korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha talaba-yoshlar klubining 6 nafar faol a’zolari tanlab olindi. Ular qatorida yosh o’qituvchi, 2 va 3 kurs talabalari bor. Barchasi o’zining faolligi, qonunbuzarliklarga, shu jumladan korruptsiyaga toqatsizligi bilan ajralib turadi, boshqalarga vatanparvarligi, soft vijdonligi bilan o’rnak bo’la oladilar. 
Andijon mashinasozlik instituti rektori U.M.Turdialiev tomonidan ”Korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limining taqdimnomasiga asosan tanlab olingan talabalarga respublikamizda ilk bor oliy ta’lim tizimidagi bitiruvchilarning Yakuniy Davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibida ishtirok etishga ruhsat berildi.
Ushbu mas’uliyatli jarayonda munosib qatnashish uchun tanlab olingan klub a’zolari bilan institut rektori, ”Korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i tomonidan suhbatlar o’tkazildi, attestatsiya tartibi bo’yicha ikki kunlik seminar-trening tashkil qilindi.

Yakuniy Davlat attestatsiya sinovlari tasdiqlangan jadvalga asosan joriy yilning may-iyun oylarida institutning barcha fakultet yo’nalishlari bo’yicha o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lsada, Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha talaba-yoshlar klubi faollari bu yil faqat 3ta yo’nalish bo’yicha imtihonlarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirdilar. Jumladan, Davlat attestatsiyasi jarayonini ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik ruhida o’tkazish maqsadida barcha  test sinovlari oldidan talabalarga test  sinovlaridan  o’tish ball miqdori va yakuniy davlat attestatsiyasi baholash tartibi, ya’ni  sinov 50 savoldan iborat bo’lib, shundan  30-34 ball - 3 baho, 35-44 ball - 4 baho va 45-50 ball - 5 baho bilan, shuningdek berilgan vaqt 100 daqiqa qilib belgilanganligi va ushbu attestatsiya sinov jarayoni ochiqlik hamda shaffoflik tamoyili asosida o’tkazilishi, attestatsiya sinovlarini o’tkazish tartibini  buzmaslik,  telefon, shpargalka va turli boshqa vositalardan   foydalanmaslik, aks holda  ta’sir choralarini qo’llanishi tushuntirildi. Talabalarning uyali telefonlari, shaxsiy hujjatlari  alohida nazorat stoliga olindi. Test o’kazish xonasida talabalar kompьyuterlar oldiga “shaxmat” tartibida joylashgtirildi.
Institutning Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari attestatsiya jarayonida faol ishtirok etishdi. Zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalarni sitqidildan bajarishga harakat qilishdi. Muhimi - test sinovlarini topshirishga kelgan talabalar ham jamoatchilik nazorati tartibida o’ziga o’xshagan yoshlarning qonuniy talablariga so’zsiz rioya etib, imtihonlarni qonun doirasida ta’minlashining guvohi bo’ldilar.  
Olib borilayotgan ushbu islohotlardan ko’zlangan maqsad bitta - u ham bo’lsa o’sib kelayotgan yosh avlodni korruptsiyaga nisbatan murosisiz ruhda tarbiyalash, kelgusidagi faoliyatlarini adolat mezoni asosida tashkil qilishda kuchli immunitet hosil qilishdir.

Qidirish