Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, ilmiy faoliyatga keng jalb etish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu amaliy harakatlarning natijasi o‘laroq bugungi kunda ayol-qizlarimiz ilm-fan sohasida salmoqli yutuqlarga erishib kelmoqda. Andijon mashinasozlik institutida ham ilm-fan bilan shug‘ullanib, yutuqlarga erishayotgan ayollarni e’tirof etish hamda ularning qimmatli tajribalarini ushbu yo‘lga qadam qo‘yayotganlarga yetkazish maqsadida joriy yilning 10-fevral kuni “Mashinasoz ayollar - 2023” forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumni institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi R.Yusupova barcha institut ayollari va talaba-qizlarni tabriklash bilan ochib berdi. Shu bilan birga institutda faoliyat olib borayotgan “Olima ayollar” uyushmasi raisi I.Sirojiddinova ham so‘zga chiqib xotin-qizlarning ilm-fan sohasidagi oxirgi yillarda erishilgan natijalar va yutuqlar bo‘yicha, "Buxgalteriya hisobi va menejment" kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi M.Dadajanova “Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish masalalari”, "Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi M.Karimova "Ilmning islomiy bahosi", "Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Z.Aripova "Gender tengligi: xotin-qizlar o‘rni", "Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish" kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Atajanova "Texnika oliygohlarida STEM ta’limini rivojlantirish muammolari" mavzularida ma’ruzalar qildilar hamda mavzu bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati