Joriy yilning 8-fevral kuni Andijon mashinasozlik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidagi “Ma’rifat o‘rnini radikallashuv va jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz” g‘oyasini yoshlar, ayollar, jumladan, qizlar o‘rtasida keng targ‘ib etish yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A.Ermatov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Andijon viloyat xududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi F.Rustamova, Andijon viloyat targ‘ibot guruhi rahbari M.Qodirova, Andijon viloyat terrorizmga qarshi kurashish Boshqarmasi katta mutaxassisi B.Abbosova, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i M.N.Xaliqova, fakultet dekanlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan 20-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidagi “Ma’rifat o‘rnini radikallashuv va jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz” g‘oyasini yoshlar, ayollar, jumladan, qizlar o‘rtasida keng targ‘ib etish yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi. So‘ngra Andijon viloyatida, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning tarbiyasi borasida hamkorlikda ish tashkil etish, institut talabalari hamda pedagoglari o‘rtasida ham targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, qonuniy tartibda diniy ta’lim olishlari to‘g‘risida, umumiy tartibda internet tarmoqlarida belgilangan ijtimoiy tarmoqlar saytlariga kirish kerakliklari, audio, video fayllarni yuborishda e’tiborli bo‘lishlari haqida xam fikrlar bildirib o‘tildi. Shuningdek talaba-yoshlarning institut kiyinich va ichki tartib-qoidalariga amal qilishlari, ular o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar va boshqa salbiy holatlarni oldini olish, tadabalarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorning o‘rni katta ekanligini ta’kidlab, o‘ziga alohida yo‘l xarita ishlab chiqishi lozimligi va qator vazifalar belgilab olinganligi hamda institutda qilinayotgan ijobiy ishlar bo‘yicha aytib o‘tildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati