Yangiliklar

Image

Elektrotexnik fakultetida “NAVOIY YODI-ILA YASHAYMIZ MUDOM!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi

Joriy yilning 8-fevral kuni Elektrotexnika fakultetida “Navoiy yodi-ila yashaymiz mudom!” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda institut Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A.Ermatov, fakultet dekani Sh.Daliyev, Oʻzbek tili va adabiyot kafedrasi mudiri X.Joʻrabekova, dekan muovinlari, tyutorlar hamda fakultetning iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

 

 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan buyuk bobokalonimizning hayot yoʻli va butun jahon tan olgan adabiy me’rosini oʻrganish, ushbu insonning hayot yoʻli barchamiz uchun oʻrnak boʻlib o’z yurtiga poklik va halollik bilan xizmat qilish kerakligi ta’kidlandi. Kecha davomida talabalar tomonidan gʻazal mulki sultoni qalamiga mansub gʻazallar, shoirning hayot yoʻliga oid sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shuningdek ulugʻ mutafakkir haqida ingliz tilida ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir koʻtarinki ruxda davom etib, ona vatanimizni madh etuvchi ommaviy qoʻshiq bilan yakunlandi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish