Joriy yilning 7-fevral kuni Mashinasozlik texnologiyasi va Avtomobilsozlik fakultetlarining bir guruh talabalari Prezidentimiz tashrif buyurgan Andijon tumanidagi 55-maktabga tashrif buyurdilar. Maktabda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ishlayotgan oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan suhbatlashdilar.
Ma’lumot uchun Hozirda maktabning boʻsh turgan yertoʻlasi tadbirkorlarga ajratib berilib, 14 ta xonada 6 ta yoʻnalishda (tikuvchilik, savat toʻqish, koʻrpa-toʻshak ishlab chiqarish, mebelchilik, poyabzal va qandolatchilik) ishlab chiqarish va kasbga oʻrgatish tashkil etilgan. Shuningdek, maktab hududida novvoyxona, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, payvandlash, elektrotexnika, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar tashkil etilgan.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati