Joriy yilning 7-fevral kuni UzAutomotors korxonasi vakillari bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida suhbat oʻtkazish uchun institutimizga tashrif buyurishdi. Dastlab barcha talabgor talabalar ishtirokida ish jarayoni, talab etiladigan malakalar, ish sharoiti bilan tanishtirib oʻtildi. Shundan soʻng UzAutomotors korxonasi oʻquv markazi raxbari Sh.Sobirjonov, Iqtisodiy-reja boʻlinma boshligʻi A.Qodirjonov, Iqtidoiy-rejalashtirish boʻlinma boshlig’i Sh.Abdugʻofforovlar tomonidan talabalarni mutaxasislik bilimlari va til bilish darajalari tekshirildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati