Xabaringiz bor. Andijon mashinasozlik instituti delegatsiyasi hozirda aloqalarni rivojlantirish, yangi yo'nalishlarda hamkorlik o'rnatish maqsadida Turkiyaning Karabuk universitetida bo'lib turibdi.
Delegatsiyamiz vakillari 1-2-fevral kunlari "1st Futures literacy and strategic foresight" konferensiyasida ishtirok etishdi. Konferensiyada o'quv ishlari bo'yicha prorektor Suhrob Aliyev so'zga chiqib, ishtirokchilarga institutimiz haqida ma'lumotlar berdi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati