Yangiliklar

Image

Tibbiyot muhandisligi boʻyicha xalqaro ekspert institutimizga tashrif buyurdi

Joriy yilning 31-yanvar kuni Andijon mashinasozlik institutiga Buyuk Britaniya kollegi professsori Tibbiyot muhandisligi xalqaro ekspert SES (Senior Experten Service) Germaniyaning katta ekspertlar xizmati ko'ngilli tashkilotidan Roger Shmitt va Quvayt mamlakati tomonidan moliyalashtirilgan “Urologiya va nefrologiya” markazlarini jihozlash loyihasi va KFW tomonidan moliyalashtirilgan viloyat koʻp profilli markazlarni modernizatsiya qilish loyihasi, mamlakatlar  boʻyicha/jahon sogʻliqni saqlash bo'yicha  eksperti Dr Nigoraxon Muratova va viloyat koʻp profilli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish tibbiy asbob-uskunalar boʻyicha mutaxassisi hamda biotibbiyot Muhandisligi magistranti Javohir Urolboyevlar tashrif buyurdilar.

 

Tashrifda davomida eskpertlar tomonidan Metralogiya,  standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti kafedrasi negizida tashkil etilgan Biotibbiyot muhandisligi yo'nalishi doirasida tibbiy texnologiya markazi, simulyatsiya uskunalarini amalga oshirish mexanizmi haqida va egallangan ko'nikmalarni ob'ektiv baholash standartlari, bemorga manipulyatsiya qilish uchun qabul qilish tartibi, o'qituvchilar va murabbiylar uchun o'quv dasturi, xizmat ko'rsatishni tashkil etish (tibbiy asbob-uskunalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish), davolash va diagnostika markazlarini zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash bo'yicha tavsiyalar berildi. SES Loyiha ishlarini amalga oshirishda ayni vaqtda O'zbekistondagi biotibbiyot muhandisligiga katta e'tiborni qaratilyotgani va servis sohani yanada jadallik bilan rivojlantirish haqida ta'kidlab o'tildi. Mutasislar Andijon mashinasozlik institutidagi tashkil etilgan zamonaviy jihozlar bilan tanishar ekan O'zbekistondagi ta'limiga juda katta e'tibor qaratilayotgani va tibbiyot sohasidagi jihozlar jahon standartlariga javob beradigan eng oxirgi yuqori texnologiyalarni joriy e'tilayotganiga  alohida urg'u berib o'tdi. Mehmonlarning Andijonga tashrifi uch kun davm etadi. 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish