Yangiliklar

Image

"Rektor va yoshlar" uchrashuvi: Takliflar, murojaatlar, muammolarga yechimlar topildi

Joriy yilning 26-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti "Elektrotexnika" fakulteti, 27-yanvar kuni esa Transport va logistika fakulteti talabalari ishtirokida "Rektor va yoshlar" uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Uchrashuvda institut rektori tomonidan hozirgi anomal ob-havo sharoitida institut isitish tizimi holati hamda keyingi yil kuz-qish mavsumi uchun tayyorgarlik masalalari bo'yicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek Umid Turdialiyev o'z hayotiy tajribalari bilan ham bo'lishib, institutimiz talabalarining kelajakda mamlakat ravnaqiga hissa qo'sha oladigan yetuk mutaxasislar bo'lib yetishishlari kerakligini aytib o'tdi. 

 

2023-"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" da institutimizda ta'lim sifatini oshirish yuzasidan ko'zlangan rejalar hamda ta'lim jarayonlariga kiritilishi mumkin bo'layotgan o'zgarishlar yuzasidan talabalarning ham fikri tinglandi.

Uchrashuv davomida talabalarning murojaatlari tinglanib ularga shu joyning o'zida yechimlar va tushuntirishlar berildi

 

Huddi shunday uchrashuv 24-yanvar kuni Avtomobilsozlik fakulteti talabalari ishtirokida o'tkazilgan edi.


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish