Andijon Mashinasozlik institutiga hush kelibsiz
Joriy yilning 30-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti “Ilmiy kengashi” ning 2022-yildagi soʻngi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Dastlab Kengash raisi institut rektori Umid Turdialiyev yigʻilganlarni yaqinlashib kelayotgan “Yangi yil” bayrami bilan samimiy qutlab, kelayotgan yil ish faoliyati va oilaviy yanada barakali boʻlishini tiladi. Shundan soʻng PhD diploma, yaqin kunlarda e’lon qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, professor-oʻqituvchilar uchun “Yilning eng faol olimi” “Yilning eng faol olima ayoli” “Yilning eng yaxshi xorijiy maqolasi” “Yilning eng yaxshi mahalliy maqolasi” tanlovlari gʻoliblari, Yilnig ilmiy faol talabasi 2022 tanlovi gʻoliblari, Andijon mashinasozlik institutida ta’sis etilgan rektor va atoqli olimlar stipendiyalari gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Taqdirlash marosimidan soʻng “Ilmiy kengash” majlisi boshlanib, unda quyidagi asosiy masalalar koʻrildi:-
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati
Copyright © AndMI . 2011-2023