Yangiliklar

Image

Qishki ta'tilda professor-o'qituvchilar hamda tyutorlar uchun o'quv seminarlari bo'lib o'tmoqda

Andijon mashinasozlik institutida talabalar qishki ta’tili davrida professor-o‘qituvchilar va tyutorlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha 26-dekabrdan boshlab jadval asosida o‘quv seminarlari bo'lib o'tmoqda. Seminarlarda ma'naviy-ma'rifiy, o'quv-uslubiy, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xorijiy tillar bo'yicha professor-o'qituvchilar hamda tyutorlarga mahorat darslari o'tilmoqda.

Bugun, 27-dekabr kuni O'quv ishlari bo'yicha prorektor Suhrob Aliyev tomonidan "Kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va baholash tartibi" mavzusida seminar darsi bo'lib o'tdi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish