Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik institutida Energetiklar kuni munosabati bilan ilmiy-texnik anjuman hamda bayram tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 23-dekabr kuni “22-dekabr Energetiklar kuni” munosabati bilan “Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar va elektrotexnik materiallar” mavzusida republika ilmiy-texnik anjumani tashkil etildi.
 
Anjumanda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan elektr ta’minot korxonalari vakillari, soxa mutaxasislari, faxriylari hamda hozirda mamlakatimizda bo’lib turgan Turkiyaning Karabuk universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etishdi.
Ilmiy-texnik konferensiya davomida Karabuk universiteti rektori Refik Polatga Andijon mashinasozlik instituti faxriy professori unvoni taqdim etildi. Shundan so’ng ikki tomon vakillari o’zaro esdalik sovg’alari almashdilar. Konferensiyada O’zbekiston Davlat filarmoniyasi san’atkorlari tomonidan badiiy chiqishlar naomyish etilgan bo’lsa, shundan so’ng sho’balarga bo’lingan holda anjuman ishi davom etdi.


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish