Jory yilning 22-dekabr kuni Andijon mashinasozlik institutida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyat Qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorligida sportning "Kamondan o'q otish" turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Musobaqada 20 dan ortiq merganlar orasida institutimiz talabalari ham munosib ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko'ra Avtomobilsozlik fakulteti 3-bosqich talabasi Jaloldinova Nozima va Avtomobiloszlik fakulteti 1-bosqich talabasi Jaloldinova Nilufarlar sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati