Yangiliklar

Image

Turkiyaning Karabuk universiteti rektori institutimizga tashrif buyurdi

Xabaringiz bor institutimiz rektorining 26-27-may kunlari Turkiya davlatiga xizmat safari davomida Turkiyaning Karabuk universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Ushbu shartnomaga muvofiq hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, yangi yoʻnalishlarda aloqalarni mustahkamlash maqsadida Karabuk universiteti rektori Refik Polat va oʻquv ishlari boyicha prorektori Coskun Mucahit hamda universitet xalqaro hamkorlik bolimi boshligi Olanan Oya xonimlar tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut rektori boshchiligidagi rahbariyat vakillari kutib oldi.

Tashrif davomida mehmonlar institut moddiy texnik bazasi, talabalarga yaratilgan sharoitlar, innovatsion laboratoriya xonalari bilan tanishdilar. Shundan soʻng Avtomobilsozlik fakultetida joylashgan anjumanlar zalida mas’ullar ishtirokida muzokaralar olib borildi. Muzokaralar davomida birgalikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish avtomobilsozlik, mashinasozlik , mexatronika kabi bir qancha yo'nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.

Xabaringiz bor hozirgi kunda Karabuk universitetida 5 nafar talabamiz va 2 nafar professor-oʻqituvchilarimiz ilmiy stajirovka hamda talabalar almashinuvi dasturlari doirasida tahsil olib kelmoqda. Bugungi uchrashuvda almashinuv doirasida talabalar sonini hamda o'qituvchi-professorlar sonini ko'paytirish, Karabuk universitetida 3 oylik stajirovka qilish uchun Karabuk tomonidan bepul  yotoqxona bilan ta'minlanishini aytib o'tildi. Avtomobilsozlik yo'nalishida yangi avtomobil dizayni yonalishida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish