Joriy yilning 22-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti IB va KT fakulteti hamda "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasi hamkorlikda 1-bosqich talabalarining rus tili bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Yangi yil bayrami munosabati bilan fakultet talabalari o'rtasida "Что? Где? Когда?" nomli tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda talabalarning ham ma'naviy-ma'rifiy ham intellektual salohiyatlari sinovdan o'tdi. Faol qatnashgan talabalar sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati