Joriy yilning 20-dekabr kuni Avtomobilsozlik fakulteti hamda Umumtexnika fanlari kafedrasi hamkorlikda institutimizda oʻtkazilishi an’anaga aylanib ulgurgan “Kefedra kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi. Dastlab tadbirning birinchi qismida kafedra professor-o’qituvchilar hamda talabalar oʻrtasida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalardan dars jarayonlari boʻyicha fikr va murojaatlari tinglandi, kafedra haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. Berilgan takliflar yuzasidan talabalarga javoblar berildi. Shundan soʻng tadbirning ikkinchi qismi bir payola choy ustida davom etib, talabalarga osh tarqatildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati