Joriy yilning 20-dekabr kuni institut asosiy bino anjumanlar zalida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramini oʻtkazishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, qish mavsumida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari toʻgʻrisida professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Suhbatda Andijon viloyati FVB boshlig‘ining o‘rinbosari B.Rejabov, institut Ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘.Akbarov, institut huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik inspektori I.Qahhorovlar ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda holatlarni oldini olish, tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish, is gazidan zaxarlanish holatlarini oldini olish bo‘yicha o’z tavsiyalarini berdi. Yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan jihozlardan foydalanayotganda xushyorlikni oshirish, uydan chiqayotganda elektr jihozlarini elektrdan uzilganligini tekshirish, talabalar orasida ham mana shunday profilaktik tadbirlar, tushuntirish ishlarini muntazam ravishda olib borish, ularning havfsizligini ta’minlash bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni qo‘llash xususida o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.
Shuningdek, yangi yil bayrami arafasida talaba-yoshlar tomonidan pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, hozirgi kunda mana shunday pirotexnika vositalaridan foydalanib, jiddiy tan jarohatlari olib, kasalxonada davolanayotgan yoshlar oramizda yo‘q emasligi, ushbu holatning asoratlari jiddiy xolatlar keltirib chiqarayotgani, xattoki, nogironlikka olib kelayotganligi to‘g‘risida so‘z yuritib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan sohaga oid berilgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati