Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda institut rektori boshchiligida professor-oʻqituvchilar ishchi-xodimlar, talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida ochilib, shundan so'ng, Konstitutsiyamizning 30 yillik bayrami munosabati bilan institut rektori Umid Turdialiyevning tabrik so’zi tinglandi. Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan uzoq yillar davomida mamlakatimiz ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilib kelayotgan, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish bilan bir qatorda vatanparvarlik hissini singdirib kelayotgan professor-oʻqituvchilarga “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Shundan soʻng professor-oʻqituvchilarimizga soʻz berilib, ularning tabriklari tinglandi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan milliy raqslar hamda badiiy chiqishlar ham namoyish etildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati