Yangiliklar

Image

Institutda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi tadbirlar davom etmoqda

Joriy yilning 3-dekabr kuni Andijon mashinasozlik institutining Mashinasozlik texnologiyasi va Elektrotexnika fakulteti tarkibidagi kafedralar professor-oʻqituvchilari uchun “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi tadbirlar davom ettirildi. Tadbirda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’naviy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A.Ermatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshligʻi M.Xaliqova,  Fakultetlar dekanlari M.Joʻraxonov, Sh.Daliyev hamda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari N.Qirgʻizaliyev, I.Baynazarovlar tomonidan oʻtkazilgan tadbirda, talabalarni zamonaviy tahdidlardan asrash, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kamarbasta boʻlib hamkorlikda ish olib borish kerakligini ta’kidlandi.

 

 

Shuningdek yurtimizdagi din va vijdon erkinligi, muqaddas islom dinida odamlarga ozor yetkazish, vatanga xiyonat eng ogʻir gunohlardan ekanligini talabalarga yetkazish, ularda yot g'oyalarga qarshi immunitet shakllantirish vazifalarida yordamchi bo’lishlari zarurligi aytildi. Ma’naviy-ma’rifiy soat soʻngida ustozlarning ham fikrlari tinglandi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish