Andijon mashinasozlik institutida “3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan "Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi" shiori ostida bir piyola choy ustida bayram dasturxoni yozilib, institutda tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talabalar hamda professor-oʻqituvchi va xodimlar ishtirok etib, ularga mehr va ehtirom koʻrsatildi.
Tadbir koʻtarinki ruxda davom etib, shoʻx kuy-qoʻshiqlar ostida tadbir ishtirokchilari ustozlar bilan birgalikda raqslarga tushdilar. Ushbu kunda tadbir ishtirokchilari institut rahbariyati va Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tomonidan moddiy va ma’naviy tarzda ragʻbatlantirildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati