Yangiliklar

Image

Institutimiz Xalqaro aloqalarini kengaytirishda amaliy ishlar davom etmoqda

Joriy yilning 1-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev Rossiya federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtayotgan “Texnika universitetlari assotsiatsiyasi”ning 30 yilligiga bagʻishlangan navbatdagi Kengash ishida ishtirok etdi. Kengashda 100 dan ortiq nufuzli oliygohlar rektorlari va vakillari ishtirok etmoqda. Mazkur anjumanda Umid Muhtaraliyevich ham soʻzga chiqib, institutda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar hamda xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumotlar berdi. Shuningdek rektorimiz oʻz so’zi davomida Andijon mashinasozlik instituti xalqaro hamkorlikka doim ochiq ekanligini ta’kidlab, anjumanda ishtirokchi oliy ta’lim muassasalarini hamkorlikka taklif etdi.

Umid Turdialiyev nutqidan soʻng Imperator Aleksandr I nomidagi Peterburg davlat universiteti hamda Gʻarbiy Ural davlat universiteti rahbariyati bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga kelishib olindi. Texnika universitetlari assotsiatsiyasining navbatdagi anjuman ishi Betankurov xalqaro muxandislar forumi bilan davom etmoqda.

 

 


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish