Yangiliklar

Image

Professor-o’qituvchilar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida darslar tashkil etilmoqda

Joriy yilning 1-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti tarkibidagi kafedralar professor-oʻqituvchilariga  fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini O.Sotiboldiyeva tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida dars tashkil etildi. Dars jarayonida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor A.Ermatov, fakultet dekani M.Sherboyev ham ishtirok etib oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi.

Professor-oʻqituvchilarga dars jarayonida talabalarga Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni toʻgʻri tushuntirish, yoshlarga oʻzlari oʻrnak boʻlishlari kerakligi haqida aytib oʻtildi. Institut ijtimoiy-ma'naviy muhitini yaxshilash hamda talaba yoshlarga nafaqat rahbariyat, professor-oʻqituvchilar ham birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek “Inson qadri uchun” shiori ostida xalqimizni rozi qilish, ularni hayotini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.  

 


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish