Joriy yilning 1-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyida Andijon mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurash boʻlimi, institut Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti bilan hamkorlikda “9-dekabr - Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan harbiy-vatanparvarlik oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Oʻyinlarda institut talabalari hamda litsey talabalari 7 ta yoʻnalish boʻyicha bellashishdi. Jismoniy kuch, merganlik, intellekt, chaqqonlik talab qiluvchi oʻyinlarda murosasiz bahs kechdi va yakunda institut talabalari jamoaviy hisobda 4 ta yoʻnalishda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, “Harbiy vatanparvarlik” oʻyinlarining gʻolibligini qoʻlga kiritdi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati