Yangiliklar

Image

Institut Ilmiy kengashining navbatdagi kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 30-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy kengashining navbatdagi kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda institut faoliyatiga oid quyidagi dolzarb masalalar ko'rildi:

  • Institutda 2022-yil "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili" davlat dasturining ijrosi yuzasidan olib borilyaotgan ishlar;
  • Institut Ilmiy kengashining 2022-yil 1-mart kunidagi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 16-fevraldagi 63-sonli buyrug'i bilan belgilangan ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo'yicha olib borilgan ishlar;
  • Institutda o'tkazilgan tashqi baholash natijalari bo'yicha attestitatsiya komissiyasining dastlabki hulosasi va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yo'l xaritasini tasdiqlash to'g'risida;
  • Institut rektorining "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti kafedrasi faoliyatini o'rganish to'g'risida"gi buyrug'iga ko'ra ishchi guruh tomonidan kafedra faoliyatini o'rganish natijalari yuzasidan taqdim etilgan ma'lumotlar to'g'risida;
  • Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo'limining 2022-yil may oyida Innovatsion ta'lim texnologiyalari fakultetida olib borgan o'rganish natijasida tayyorlangan ma'lumotnoma to'g'risida va shu kabi 10 dan ortiq masalalar.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish