Xabaringiz bor Parij shahrida Fransiya va O'zbekiston universitetlari II forumi doirasida Palais de la Porte Doreéda Fransiya va O'zbekiston muassasalari o'rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Uchrashuvlardan biri Andijon mashinasozlik instituti va Fransiyaning Université de Bretagne Occidentale oliy ta'lim muassasasi o'rtasida bo'lib o'tdi. Institut rektori Umid Turdialiyev hamda Université de Bretagne Occidentalening Yevropa va xalqaro vitse prezidenti va xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor Thomas Beatrice Tual xonim va xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassis Marjolaine Le Gallo bilan kelishuvlar amalga oshirildi. Xalqaro hamkorlik bo'yicha Andijon mashinasozlik institutida mashinasozlik muhandisligi, iqtisodiyot hamda menejment yo'nalishlarida xalqaro ilmiy konferensiyalar o'tkazish hamda Elektronika va mashinasozlik muhandisligi yo'nalishdagi talabalari uchun talabalar mobilligi va almashinuv dasturlarini yo'lga qoyish kabi masalalar ko'rib chiqildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati