Yangiliklar

Image

Institutda “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 30-noyabr kuni institut asosiy bino anjumanlar zalida Andijon viloyat OITSga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda 1-dekabr – “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda Andijon viloyat OITSga qarshi kurash markazi yetakchi mutaxassisi J.Mamadaliyeva, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori A.Ermatov, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

 


 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi O’zbekiston Respublikasining odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish bo’yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ’ibot tadbirlarni konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 84-sonli Qarorida belgilangan vaziflarning ijrosini ta’minlash bo’yicha markaz tomondan ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi”ning mazmuni va mohiyati bilan yig’ilganlarni tanishtirib o’tildi. Shuningdek, tadbirda J.Mamadaliyeva aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar, umumiy o’rta va oliy ta’lim muassasalari o’quvchi-talabalari o’rtasida OIV infeksiyasini tarqalishinining oldini olish va uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari to’g’risida aytib o’tdi. 

 

 

Tadbir davomida institut talabalari tomonidan “Biz OIV va OITSga qarshimiz” shiori ostida targ’ibot plakatlari chizildi hamda talabalar tomonidan taqdimoti o’tkazildi. Targ’ibot taqdimotida faol ishtirok etgan targ’ibotchi talabalarga taniqli yozuvchi va shoirlarning turli mavzulardagi badiiy va she’riy kitoblar sovg’a qilindi. Bundan tashqari tadbir davomida yig’ilgan talabalarga OIV va OITS to’g’risida targ’ibot materiallari tarqatildi. Tadbir so’nggida mutaxassis tomonidan talabalarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish