Yangiliklar

Image

“Bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish” nomli YUNESKO/Madanjit Singx mukofoti e’lon qilindi

YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining joriy yil 20-apreldagi 089/22-sonli xatiga muvofiq quyidagilarni ma’lum qilamiz: Bag‘rikenglik g‘oyalarini samarali targ‘ib etish uchun katta hissa qo‘shgan va shu sohada yetakchilik ko‘rsatgan tashkilot, muassasa yoki shaxslar uchun 2022-yilga mo‘ljallangan “Bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish” nomli YUNESKO/Madanjit Singx mukofoti e’lon qilingan. Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzod 100,000 AQSH dollaridan iborat mukofot puli bilan taqdirlanadi. Ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar institutning Xalqaro hamkorlik bo'limiga murojaat qilishingizni so'raymiz.


Qidirish