Fransiya-O'zbekiston universitetlari II forumi: Institutimiz xalqaro aloqalari kengaymoqda
Joriy yilning 28-30-noyabr kunlari Fransiya poytaxti Parij sharida Oʻzbekiston - Fransiya universitetlari II forumi boʻlib oʻtmoqda. Oliy va oʻrta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligida mamlakatimizning 20 ta OTM lari rektorlari forumda ishtirok etish maqsadida Parij shahrida boʻlib turibdi.
Xalqaro forumda Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ham ishtirok etmoqda. Forum doirasida institutimiz hamda Fransiyaning bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolanishi rejalashtirilgan.
Forum davomida institut rektori Umid Turdialiyev xorijiy OTM lar bilan bir qancha kelishuvlarni amalga oshirmoqda. Jumladan G'arbiy Britaniya Universitetining Yevropa va xalqaro vitse prezidenti Tomas Beatrise Tual, Ren 1 Universitetining prezidenti Alis David janoblari hamda Tuluza milliy amaliy fanlar institutining Fites dasturi va Lotin America' kordinatori hamda xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Carin Chakki, France Comte universitetining Yevropa va xalqaro aloqalar va Frankofoniya (Fransuz tilida gaplashadigan ) Boshqarmasi va xalqaro hamkorlik bo'yicha siyosatchi va mutaxassis Maureen Berthelot janoblari bilan Rektorimiz muhokamalar o'tkazdi. Kelajakdagi rejalar bo'yicha ya'ni talabalar almashinuvi va professor-o'qituvchilar almashinuvi, ilmiy yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik qilish, kelajakda qo'shma ta'lim dasturlarni ochish bo'yicha ham kelishuvlarga erishildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati