Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti hamda Turkiyaning Karabuk universiteti o‘rtasida akademik va talabalar almashinuvlariga start berildi

Xabaringiz bor joriy yilning 23-24-may kunlari Andijon mashinasozlik instituti rektori boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasida bo‘lib bir qator universitetlar hamda korxonalar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan edi. Mazkur tashrif davomida dunyoning TOP-1000 OTMlar reytingiga kiruvchi Karabuk universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Memorandumga ko‘ra bakalavr va magistr talabalar almashinuvini amalga oshirish, hammualliflikda darslik va o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borish, yosh olim hamda tadqiqotchilarni ilmiy stajirovkaga yuborish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini amalga oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda kelishuvga erishilgandi. 

Joriy yilning 10-oktyabrdan boshlab institutimiz talabalari uchun Karabuk universiteti bilan hamkorlikda “Scholarship” e’lon qilinib, talabalar mahsus sinovlar orqali tanlab olindi. Sinovlardan muvaffaqqiyatli o‘tgan bir guruh talabalarimiz 1 semestr davomida tahsil olish  hamda professor-o‘qituvchilar ilmiy-stajirovka o‘tash uchun 24-noyabr kuni Karabuk universitetiga yetib bordi. 

 

 

Dastlab 24-noyabr kuni Karabukl universiteti prorektori Mustafo Yashar hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida kutib olish marosimi bo’lib o’tdi. Shundan universitet Texnologiya fakulteti dekani professor Muhammed Kaysal bilan suhbat tashkil etildi. Uchrashuvda ikki tomonlarning ilmiy pedogagik salohiyatlari haqida fikr mulohazalar almashildi va yakunda hamkorlikda ilmiy loyihalar qilish pedagogik mahorat almashinuvlarini rivojlantirish haqida kelishuvga erishildi.


 Kun davomida vakillarimiz Texnologiya fakultetining mexanika, energiya sistemalari, avtomobil tuzilishi, robototexnika ilmiy va o'quv laboratoriyalari faoliyatlari bilan tanishuv darslarida ishtirok etishdi. Hozirda talabalarimiz hamda professor-oʻqituvchilarimiz dars jarayonlarida ishtirok etishmoqda.


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish