Joriy yilning 25-noyabr kuni institut asosiy bino anjumanlar zalida “Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq yoʻl mavzusida” davra suhbat boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon filiali rahbari Muhiddin Qoʻldashev, filial bosh inspektori Sardor Ismoilov, institut Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Suhrob Aliyev hamda bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Suhbat davomida agentlik vakillari tomonidan talabalarga agentlik faoliyatiga oid yangiliklar, davlat fuqarolik xizmatchilari toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Shuningdek vacancy.argos.uz sayti orqali davlat fuqarolik xizmatiga ishga joylashish, saytdan foydalanish haqida tushunchalar berildi. Shuningdek talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati