Yangiliklar

Image

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i institutimizga tashrif buyurdi

Joriy yilning 24-noyabr kuni Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Nasimov Andijon mashinasozlik institutida Iqtisodiyot fakultetining 3-4-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

 

 

Dasatavval institut rektori Umid Turdialiyev boshqarma boshlig'ini talabalarga tanishtirdi. Muoloqot avvalida Ravshan Nasimov talabalar bilan bir oz hayotiy suhbat qurib o‘z faoliyat tajribalari, rahbarlikkacha bosib o‘tgan yo‘li, yetuk mutaxasis bo‘lib yetishish uchun kerakli bo‘lgan jihatlar, shuningdek, soliq tizimida qilinayotgan islohotlar, yangiliklar haqida aytib o‘tdi. 

 

 

Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i talabalar bilan muloqotga o‘tib qiziqtirgan savollariga javob berdi. Shuningdek institut hamda davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda talabalar uchun amaliy darslar yo‘lga qo‘yilishi aytib o‘tildi.

 

 

Ochiq muloqotda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i ham ishtirok etib, hozirgi kunda boshqarmadagi bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar talabalarga tushunchalar berdi.

 


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish