Yangiliklar

Image

Professor-o'qituvchilarimiz xorijiy ilmiy-stajirovkada bo'lib turibdi

Institutimiz tomonidan xalaqaro aloqalar o'rnatish, xorijiy tajribalarni joriy qilish borasida faol tarzda amaliy ishlar olib borilmoqda. Jahonning ko'plab xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarda turuvchi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik yo'lga qo'yilib, akademik almashinuvlar, ilmiy stajirovka o'tashlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.

Ta'lim va ilm fan sohasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida xalqaro reytingda TOP-500 talikka kiruvchi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida institutning MSMSM kafedrasi mudiri Sh.Sulaymonov, dotsent A.Sativaldiyev va UTF kafedrasi dotsenti Q.Ermatov, assistent B.Shakirovlar xizmat safarida-stajirovkada bo‘lib turibdilar.

 


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish