Joriy yilning 23-noyabr kuni institut asosiy bino anjumanlar zalida professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Rahmatillo Arziyev, Andijon shahar “Imomi A’zam” jome’ masjidi imom-hatibi Isomiddin Shamsiddinov, institut professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida Rahmatillo Arziyev so‘zga chiqib, yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovon hayot kechirishlari uchun olib borilayotgan islohotlar haqida aytib o‘tdi. Shuningdek axborotlashib borayotgan zamonda mamlakatlarning tinch va farovon hayotini ko‘ra olmaydigan kimsalarning yoshlarni yo‘ldan adashtirish ularning ongini puch g‘oyalar bilan to‘ldirishga urinishlar ko‘plab uchrayotgani, natijada esa begunoh insonlarning hayotiga zomin bo’linayotgani, yoshlarda vatanparvarlikni yanada kuchaytirish, ularni har tomonlama ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy tomondan yetuk inson qilib tarbiyalash barchamizning burchimiz ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek suhbat davomida imom-hatib Isomiddin domla so‘zga chiqib muqaddas islom dinimizda poklikka, insoniylikka, boshqalarga ozor yetkazmaslikka chaqirilgani, dinimizning tub mohiyatini tushuntirish yoshlarda ana shunday puch g‘oyalarga qarshi immunitet hosil qilishimiz kerakligi, ziyoli sifatida yoshlarimizni zulmdan hazar qiladigan inson sifatida shakllantirishda barchamiz mas’ul ekanligizmni aytib o‘tdi.
Suhbat so‘ngida professor-o‘qtiuvchilarning mavzu yuzasidan fikrlari va xulosalari tinglandi, berilgan savollarga javoblar berildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati