Andijon Mashinasozlik institutiga hush kelibsiz

Yangiliklar

Image

Institutimiz professor-o‘qituvchilari xorijiy ilmiy satjirovkada bo‘lib qaytishdi

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiyaning Tatariston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ta’lim va fan sohasida tashqi aloqalarni mustahkamlash maqsadida  “Transport logistikasi” kafedrasi mudiri Nasirov Ilxam Zakirovich “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” kafedrasi mudiri Mamadjanov Bahodir Jo‘raxanovichlar 2022-yil 31 oktyabrdan - 10 noyabr kuniga qadar 10 kunlik ilmiy satjirovka o‘tash uchun Kazan Federal Universitetining Naberejniye Chelni institutiga tashrif buyurishdi.

 

Shuningdek xizmat safari davomida “Kamaz” avtomobillarining ishlab chiqarilish jarayoni, Naberejnye institutining faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Ikki OTM o‘rtasida aloqalarni yanada mustahkamlash,  o‘quv va ilmiy faoliyatni rivojlantirish, akademik almashinuvlar ko‘lamini kengaytirish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida ham muzokaralar amalga oshirildi.  

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish