Andijon Mashinasozlik institutiga Germaniyaning Papenburg shahridan GP Gunter Papenburg AG kompaniyasining direktori Angela Papenburg tashrif buyurdi.
Institutning Avtomobilsozlik fakulteti anjumanlar zalida institut rektori Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev Germaniyalik hamkorlar bilan uchrashib, dastlabki muzokaralarni olib bordi.