Yangiliklar

Image

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmoniga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyxatga olish 2022 yilda oʼtkazilishi belgilangan edi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 11 noyabr kuni qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori bilan, pandemiya sababli mamlakatda aholini roʼyxatga olish muddati 2023 yilga uzaytirildi. 
Ushbu amaliyot mustaqillik yillarida respublikamizda ilk bor oʼtkazilayotganini inobatga olib, uni tashkil etishga puxta tayyorgarlik koʼrish maqsadida 2020 yil 11 noyabrda Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 710-qarori qabul qilindi. Unga koʼra, mamlakatimizda aholini roʼyxatga olish 2023 yil 1—25 noyabr kunlari amalga oshiriladi. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida hali biror marta aholini roʼyxatga olish oʼtkazilmagan. Ushbu tadbir soʼnggi bor sobiq ittifoq davrida 1989 yilda oʼtkazilgan. Bu borada davlatimiz rahbarining 2019 yil 5 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish konseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi farmoni huquqiy asos boʼlib xizmat qiladi.
Maʼlumki, BMTning 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi 
va uy-joy fondini roʼyxatga olish borasidagi printsiplar 
va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga aʼzo davlatlar har oʼn yilda kamida bir marta aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishi belgilab qoʼyilgan. Bugungi kunda BMT dunyo mamlakatlarini har 10 yilda kamida bir marotaba oʼz aholisini roʼyxatga olishga daʼvat etadi. Shu vajdan, aksariyat mamlakatlarda aholini roʼyxatga olish tadbiri har 10 yilda bir marotaba oʼtkaziladi.
Oʼzbekiston Respublikasida 2021 yilda sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish Dasturiga koʼra, 2021 yilning 1—25 noyabrь kunlari Аndijon viloyatining Xoʼjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish ishlari amalga oshirildi.

Qidirish