O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
2022-yil 1-yanvardan boshlab 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga quyidagi vakolatlar bo‘yicha moliyaviy mustaqillik berildi.
➖ ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash;
➖ talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
➖ o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish.
Manba: edu.uz