Yangiliklar

Image

Xalqaro hamkorlik doirasida Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetining 10 nafar professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi

🌍 Xalqaro hamkorlik doirasida Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetining 10 nafar professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani instititut rektori boshchiligidagi institut administratsiyasi kutib oldi.

🔗 Tashrif Avtomobilsozlik fakulteti majlislar zalida davom etib, unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda shartnomalar imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borildi. 

🔰 Shuningdek tashrif davomida delegatsiya vakillari institut moddiy-texnika bazasi, laboratoriya jihozlari, talabalar uchun  yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. 

〽️ Tashriflar davomida delegatsiya tarkibidagi professor-o‘qituvchilarning “o‘qituvchilar almashinuvi” dasturi bo‘yicha institutimiz talabalariga dars soatlari o‘tishi belgilangan. 

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish