Yangiliklar

Image

MECHAUZ LOYIHASI DOIRASIDA 2- “OFFLINE” UCHRASHUVI TOSHKENT TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETIDA START OLDI

Joriy yilning 16 may kuni Yevropa Ittifoqi Erasmus+ CBHE dasturining “MechaUZ- “O‘zbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 2- “offline” uchrashuvi Toshkent Turin Politexnika Universitetida start oldi. Uchrashuvda loyihaning barcha 13 ta a’zolari, jumladan 6 ta Yevropa OTM lari(Xalqaro Gretsiya Universiteti (Saloniki, Gretsiya) - Loyiha koordinatori, Janubiy-Sharqiy Yevropa Tadqiqot Markazi (Saloniki, Gretsiya), Vilnyus Gediminas Texnika Universiteti (Vilnyus, Litva), Liepaya Universiteti (Liepaya, Latviya), Vidzeme Amaliy Fanlar Universiteti (Valmiera, Latviya), Viana-do-Kastelo Politexnika Instituti (Viana-do-Kastelo, Portugaliya), va 6 ta O’zbekiston OTMlari(Andijon mashinasozlik instituti (Andijon) - Loyiha milliy koordinatori, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti (Toshkent),  Farg'ona Politexnika Instituti (Farg'ona), Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Toshkent), Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (Qarshi), Toshkent Davlat Texnika Universiteti (Toshkent) hamda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida, loyiha kordinatori Anastasios Ntabizas shu kungacha loyiha doirasida bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar to’g’risida taqdimot qildi. Kelajakda qilinadigan ishlar bo’yicha fikr almashildi. Loyihaga asosan ochiladigan Mexatronika bakalavr yo’nalishi o’quv rejalarini Yevropa hamkor universitetlari tajribasi asosida ishlab chiqildi va tasdiqlash bo’yicha Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi vakillari bilan muhokama qilindi. 
 
WP3 loyihada qatnashadigan o’qituvchilarni va murabbiylarni malakasini oshirish nazarda tutilgan, bu yo’nalish bo’yicha mas’ul OTMlar VGTU va IPVC universitetlari hisoblanadi. O’qituvchilarni malakasini oshirish bo’yicha o’quv mashg’ulotlari 29 maydan  – 5 iyunga qadar Vilnyus shahrida joylashgan VGTU da o’tkazilishi belgilab olindi. Murabbiylarni treiningi esa 18-22 iyul kunlari Portugaliyaning Viana Do Castello shahrida o’tkazilishi bir ovozdan maqullandi.
Bajarilgan ishlarni ommaga yetkazish va tarqatish bo’yicha qilingan ishlar bo’yicha FarPI vakillari qisqacha taqdimot qildi, va MechaUZ loyihasini web havolasini AndMI vakillari taqdim etdi.

Uchrashuv 4 kun, ya’ni 20 may sanasiga qadar davom etadi. Kun tartibiga loyihaga asosan O’zbek hamkor universitetlarda tashkil etilgan labaratoriyalarga tashrif buyurish va shu loyiha doirasida Oliy ta’lim muassasalarini sanoat korxonalari bilan o’rnatilgan aloqalari va tuzilgan shartnomalariga asosan shu korxonalarga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

Loyiha rasmiy veb sayti: www.mecha.uz

Qidirish