Bajarilishi 2021-2023 yillarga moʻljallangan, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan moliyalashtirilgan O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma loyihasi doirasida Andijon mashinasozlik instituti professor-oʻqituvchilari: "Yer usti transport tizimlari" kafedrasi mudiri, t.f.f.d., dotsent L.Bakirov va "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasi PhD tayanch doktoranti H.Maqsudovalar Hindistonning Shrinagar milliy texnologiyalar institutida ilmiy-tadqiqot ishlarini jadal suratda olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari bilan birgalikda 144 soatli online va ofline tartibda malakalarini oshirdilar va sertifikatlarini oldilar.
OTMlari nufuzi va taʼlim sifatini koʻtarish maqsadida nufuzli professor oʻqituvchilar chetdan jalb qilinadi, xalqaro tajribada. Mazkur o‘qituvchilar almashinuvi dasturiga ko‘ra t.f.f.d., dotsent L.Y.Bakirov tomonidan Shrinagar milliy texnologiyalar institutning PhD doktorantura, magistratura va bakalavr talabalari uchun 112 soatlik darslar olib borildi va sertifikatlari olindi. Mazkur tashrif doirasida Andijon mashinasozlik instituti va Shrinagar milliy texnologiyalar instituti o‘rtasida ikkita hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Birinchisi YeUTT kafedrasi va Tribologiya laboratoriyasi oʻrtasida, ikkinchisi umumiy institutlar oʻrtasida tuzildi.
Manba: AndMI matbuot xizmati