Yangiliklar

Image

Institutda Yaponiyaning “Yamanasi Gakuin” ta’lim korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 14-dekabr kuni institutda Yaponiyaning “Yamanasi Gakuin” ta’lim korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastavval asosiy bino majlislar zalida delegatsiya vakillari bilan institut rahbariyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida kelgusida ushbu korporatsiya bilan yaqin hamkorlik aloqalarni o‘rnatish hamda korporatsiyaning O‘zbekistonda Asnaro universitetini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolariga institutning moddiy texnika bazalari, laboratoriya xonalari, yoshlar texnoparki tanishtirildi. 

Muzokaraning ikkinchi qismi institutning Avtomobilsozlik fakultetida yapon til bilish darajasini beruvchi “NAT-TEST” markazida davom ettirilib, mehmonlar loyihalarining taqdimotlari ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi.  

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish