O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi “Xalqaro rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2848-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jahon bankining Xalqaro rivojlanish Assotsiatsiyasi ishtirokida “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirmoqda.
Bugungi kunga qadar, mazkur loyiha doirasida “Ichki sifatni ta'minlash (Internal Quality Assurance)” yo‘nalishi bo‘yicha Shbeeman Consulting xorijiy ekspertlari tomonidan OTMda sifatni ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan treninglar o‘tkazilmoqda. Mazkur trening mashg‘ulotlarini loyiha doirasida tanlab olingan 6 ta OTMda joriy yilning 22-26 noyabr kunlari tashkil etilishi va unga Shbeeman Consulting xorijiy eksperti Akim Emurlining tashrifi rejalashtirilgan.
6 ta OTM lari safida Andjon mashinaszolik instituti ham bor. Bugun 25-noyabr kuni institutning asosiy binosi katta anjumanlar zalida trening mashg‘ulotlari yuqori darajada xalqaro talablar asosida o‘tkazildi. Treningda institut tomonidan shakllantirilgan jamoa ishtirok etdi.
Seminar trening davomida Shbeeman Consulting xorijiy eksperti Akim Emurli loyiha va uning maqsadi, Loyihani oliy ta’lim muassasasiga tadbiq etilishi va u tizimli olib borilganda beradigan natijasi haqida batafsil taqdimot qildi. Shuningdek uning ahamiyati haqida loyiha milliy maslahatchisi Umrbek Jumaniyazov ham seminar ishtirokchilariga atroflicha ma’lumotlar berdi.
Ushbu loyiha doirasida kelgusida institutning moddiy-texnik bazasi va shuning asosida ta’lim sifatini ham takomillashtirish imkoni paydo bo’ladi. Mazkur loyiha dunyoning top universitetlarida ham amalda ekanligi aytildi. Loyiha o’quv jarayonlaridagi muammolarni o’rganadi va ularni bartaraf etadi.
Manba: AndMI Matbuot xizmati