Yangiliklar

Image

Yashil makon” umummilliy loyihasi

Prezidentimiz tomonidan respublikamiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish dolzarb vazifa qilib belgilandi.

Ushbu loyihaga Andijon mashinasozlik instituti jamoasi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bugun, 22-noyabr kuni institutning Avtomobilsozlik fakulteti binosi hamda 2-talabalar turar joyi binolari hududiga 200 tup uzum ko‘chatlari ekildi. Undan avval esa 1000 tup anor, 120 tup pavloniya manzarali daraxtlari ekilgan edi. 

Ko‘chatlar institut rektori Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich boshchiligida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faol yoshlari tomonidan o‘tqazildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekini ishlari hali davom etadi.

Manba: AndMI matbuot xizmati

Qidirish