Joriy yilning 21-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti katta anjumanlar zalida “Ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik” shiori ostida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Andijon viloyat hokimligi diniy ishlar bo‘yicha kotibiyat yetakchi mutaxasisi I.Ahmedova, Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasi diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik, S.Nosirov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Boburshunos adib Durbek Qo‘ldosh, Turon xalqaro yozuvchilar uyushmasi a’zosi Orif Meliev, san’atkor va hofizlar Avaz Abdusalom, O‘.Usmonov, institut Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Ermatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Haliqova, hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar hozirgi kunda 125 dan ortiq millat va elatlar yurtimizda ahil inoqlikda yashab kelayotgani, xalqimizning naqadar mehmondo‘st va bag‘rikengligi haqida aytib o‘tishdi, shuningdek buni isbotlovchi ko‘plab dalillar tarix zarvaraqlarida qayd etilgani ham bildirildi. Hozirgi globallashuv davrida xalqlarning tinch va osuda hayotiga chang soluvchi kimsalar mamlakatni ichidan yemirishga harakt qilib ular o‘rtasida nifoq solmoqchi bo‘lgan kimsalarning aldovlarga ishonmaslik, doimo birlikda, bag‘rikenglikda davom etishimiz kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek mehmonlar hamda talabalarimiz tomonidan badiiy chiqishlar, birdamlik, bag’rikenglikni targ’ib etuvchi she’rlar, qo’shiqlar ijro etildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati