Joriy yilning 19-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-noyabrdagi 5/18-4/1-6879-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik” shiori ostida, “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Ermatov, akademik litsey mas’ul xodimlari hamda talabalari ishtirok etishdi. Ma’rifiy tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan kuni kecha nishonlangan davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan tabriklashdi. Shuningdek ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, millatlararo bag‘rikenglik, xalqimiz totuvligini ta’minlash, diniy bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, insonlar xuquq va erkinlikarini ta’minlashda qilinayotan ishlar haqida so‘z bordi. Shuningdek talabalarning fikrlari, mavzu bo‘yicha chiqargan xulosalari tinglandi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati