Yangiliklar

Image

18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan Andijon shahrida #bayroq_chelenji o'tkazildi

1991-yil 18-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. 

Mustaqil davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir. Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz yodda tutishimiz shart.

Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Andijon mashinasozlik instituti "Transport va logistika" fakulteti jamoasi Andijon shahri Sholdirama MFYga, ta'lim muassasalari, o‘quv markazlari, maktabgacha ta'lim muassasalari, tijorat banklari, kasalxonalar, diagnostika markazlari, dorixonalar, savdo majmualari, ovqatlanish obektlariga borib yurtimiz fuqarolarini bugungi bayram bilan tabriklashdi hamda davlatimiz ramzi bayroq sovg‘a qilishdi.

Mamlakat bayrog‘ini e’zozlash va hurmat qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir!

 


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish