Yangiliklar

Image

Institutda “18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” keng nishonlandi.

Hech bir mustaqil davlat yo‘qki o‘zining razmlaridan biri bayroqqa ega bo‘lmagan. Davlat bayrog‘i har bir davlatda o‘ziga xos usulda qadrlanadi, ammo uning yuksaklarda hilpirab turgani esa barcha insonni birdek  to‘lqinlantiradi, beixtiyor quvonch hamda tushunib bo‘lmas bir xissiyotning ko‘z yoshlarini oqizadi. Xalqimizning o‘z bayrog‘ini qanday e’zozlashini Shayx Najmiddin Kubro misolida ko‘rganmiz.

 

Joriy yilning 18-noyabr kuni Andijon mashinasozlik institutida “18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori U.Turdialiyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova, IB va KT fakulteti dekani M.Sherboyev, institut Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi I.Kabulov hamda talabalar ishtirok etishdi.

 

 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi. Shundan so‘ng institut rektori so‘zga chiqib, xalqimiz hamda mamlakatimizning eng ulug‘ bayramlaridan biri bilan smimiy muborakbot etib, o‘z fikrlarini bildirdi. Tadbir davomida ustozlar ham so‘zga chiqib bayrog‘imiz tarixiga oid ma’lumotlar, faktlar bilan bir qatorda o‘z tabriklarini bildirib o‘tishdi. Shunindgek tadbirda talabalar ham faol ishtirok etib bayrog‘imizni, vatanimizni madh etuvchi she’rlar o‘qildi, videoroliklar namoyish etildi. 

 

 

Ushbu kunda talabalarga o‘zgacha sovg‘a qilinib, talabalar turar joyida o‘z yashash xonasini ozoda  saqlab, o‘z  xonalarini vatanparvarlik  ruhida davlat ramzi bo‘lgan Davlat bayrog‘i bilan jixozlagan  1- va 2-Talabalar turar joyining bir qator talabalari  institut  rektorining pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

 


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish