Yangiliklar

Image

Institutimizga Hindistonning “Kukunli metallurgiya va xalqaro ilg‘or tadqiqot markazi” professorlari tashrif buyurdi

Joriy yilning 18-noyabr kuni Hindistonning “Kukunli metallurgiya va xalqaro ilg‘or tadqiqot markazi” professorlari Raghavan Gopalan, Battabyal Manjusha “Mikro va nano o‘lchamli (granulangan) yarimo‘tkazgichli termoelektrik materiallarni ishlab chiqish va joriy etish” loyihasi doirasida Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida institute rektori hamda markaz xodimlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida loyihaning keying istiqbollari, ushbu loyihani kelajakda davom ettirish hamda markaz bilan hamkorlikda akademik almashuvlar amalga oshirish, hamkorlikda xalqaro loyihalarda ishtirok etish, nufuzli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

 

 Muzokaralardan so‘ng mehmonlarga institut moddiy texnika bazasi, dars jarayonlar, talabalarga yaratilgan sharoitlar, laboratoriya xonalari tanishtirildi.

 


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish