"17-noyabr Butunjahon talabalar kuni” munosabati bilan Andijon mashinasozlik insitutida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birgalikda bir kuchmiz” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbiri davomida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov talabalar bilan online tarzda uchrashuv o‘tkazib, bayram bilan samimiy tabrikladi. Shundan so‘ng institut rektori ham so‘zga chiqib talabalarni bayram institut jamoasi nomidan qutladi.
Tadbirda “Yoshlar oyli”gi doirasida e’lon qilingan bir qator ko‘rik-tanlovlarning taqdirlash marosimi ham o‘tkazilib, shu kunda 100 dan ziyod talabalar taqdirlanishdi. Quyida mazkur jarayondan fotolavhalar taqdim etamiz.
#talabalar_kuni
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati